2020-yil mart oyi uchun O'zbekistonda eng daromadli onlayn omonat turlari.

Uydan chiqmasdan O'abekistonning 18 ta bankida onlayn ravishda omonat ochish mumkin. Shularning uchdan birida yillik 23% stavkasi bilan taklif qilinmoqda. Koronavirus tarqalayotgan paytda Sog'liqni Saqlash Vazirligi insonlarni kasallikdan saqlash uchun odamlar kup yig'ilgan joydan yiroq yurishlarini tavsiya etmoqda. O'zbekiston Markaziy banki o'zining tavsifnomalarini chop etdi, unga ko'ra fuqarolarni naqd puldan foydalanmasliklariga va bank xizmatlaridan masofada turib foydalanishlariga chaqirib qoladi. Uydan chiqmagan holda foydalana oladigan xizmatlardan biri - bu milliy valyutadagi onlayn depozitlar.

Bank-Uz.Ru aniqlashi bo'yicha, yurtimiz banklaring yarmidan ko'prog'ida, ya'ni 30 dan 18 tasida so'm valyutada onlayn pul qo'yish amalini oshirsa bo'larkan. Shularning uchdan bir qismi yillik 23% dan depozitlarni 18 dan 36 oygacha muddatga qabul qilishga tayyor. Onlayn pul qo'yish juda daromadli, bularning stavkasi faqatgina ikkikta bankda (OFB, «Alokabank») 20% dan past.

Ba'zi banklar onlayn pul qo'yishlarni qo'llab quvvatlash maqsadida stavkalarni 1% ga oshirishdi, faqat ularni mobil ilova yordamida amalga oshirgan hollarda. Pul qo'yish uchun shu bank xizmat ko'rsatadigan plastikni ishlatadigan mizoj o'sha bankning mobil ilovasini telefonga yuklab, o'rnatib olish zarur. Ayrim hollarda esa depozitingizga boshqa istalgan bank plastik kartasidan ham pul kiritishingiz mumkin.

Shuning uchun bir qarorga kelish oldidan bank shartlari bilan yaxshilab tanishish darkor, biroq pul qo'yish oldidan yanada aniqroq bo'lishi uchun bank call-markaziga telefon qilib, qaysi plastik kartalardan foydalanish mumkinligini aniqlashtirsangiz, maqsadga muvofiq bo'ladi. Bank xizmatlari tinimsiz rivojlanib kelinmoqda, internet orqali omonat pul qo'yishlar ham bundan mustasno emas.

Omonatchiga faqatgina depozitni to'ldirish emas, balki qisman pul yechib olish ham ruxsat etiladi. Bunday imkoniyatlar Aloqa bankda, Turon bankda, Asaka va Kaptial banklarda mavjud. Va bu holda pul qo'yilgan muddatda eng past qoldiq miqdori saqlanib qolinadi. Bu qoldiq miqdori nisbatan shartli 50 ming so'mdan (Aloqa bankda) juda katta hajmni, ya'ni 5 mln so'mni (Kapital bankda) tashkil etishi mumkin.

Depozitni to'ldirish imkoniyati har oy daromadingizning bir qismini yig'ib borayotganlar uchun juda qulaydir. Depozitdan tezkor pul yechib olish majburiyati tug'ilganda mobil ilova orqali hech qanday yig'ilgan foyizlarni yo'qotmasdan amalga oshirish mumkin. Pul qo'yuvchi onlayn bank xizmatidan foydalanayotganda doimiy mobil ilova ishlash tizimining buzilishlariga tayyor turishi kerak. Ko'p banklar mobil ilovalarini ko'p yillar oldin chiqargan bo'lsa-da, bunday raqamli tizimning muntazam ishlashi bilan barcha banklar ham maqtana olishmaydilar. Misol uchun PlayMarket statistikasiga qaraganda Xalq Banki mobil ilovasi joriy oyda eng yomoni deb topilgan. Bu holat ilovalar bozorida banklarning past reytingini tasdiqlaydi. Ko'p ilovalarga foydalanuvchilar 4 balldan yuqori boho berishmagan.

Pastda onlayn omonat turlari bo'yicha jadval shaklida ma'lumot berilgan. Diqqat: jadvalda berilgan ma'lumotlar maqola chiqqan vaqtdagina amal qiladi va bu ma'lumotlar tanishish maqsadida foydalanish uchun berilgan. Pul qo'yish shartlari o'zgarishi mumkin. Ma'lumotlarni banklarning o'zida aniqlashtirishingizni tavsiya etamiz.

Bank nomi Stavka Muddat Minimal summa GooglePlay reytingi
AgroBank 23% 547 kun 1 mln 3.7
Asia Alliance Bank 23% 18 oy 100 ming 3.5
Ravnaq Bank 23% 36 oy 500 ming 4
Uzpromstroybank 23% 18 oy 1 mln 3
Universalbank 23% 25 oy 500 ming 2.8
Xalq banki 23% 18 oy 100 ming 3.8
InfinBank 22% 25 oy 50 mln 4.2
NBU 22% 18 oy 100 ming 3.2
Ipoteka-bank 22% 13 oy   2.9
Trastbank 22% 24 oy 500 ming 2.4
Kapitalbank 22% 36 oy 500 ming 4.6
Mikrokreditbank 21% 12 oy 100 ming 3.2
Ipak yo'li bank 20% 25 oy   4.2
Turonbank 20% 36 oy 1 mln 4.4
HamkorBank 20% 6 oy 1 mln 3.9
AsakaBank 20% 13 oy 3 mln 3.2
Aloqabank 19% 36 oy 50 ming 4.5
Orient Finans Bank 18% 370 kun 10 mln 2.5

12:19 - 25/04/2020

Имя:

Комментарий: