O'zbekistonda qanday qilib bankomat topsa bo'ladi?

Bankomat topishning to'rtta yo'li bor - bular "Yandeks.Xaritalar"da, HUMO va Uzcard to'lov tizimlari saytlarida hamda Markaziy bank saytida. Bank-Uz eslatib o'tadi, endilikda oylik ish haqi va nafaqalar naqdsiz to'lov tizimiga o'tkaziladi, bundan sal avvalroq esa banklar ayrboshlash punktlarini yopila boshlagan edi. Banklar barcha yurtdoshlarimiz uchun masofadan xizmat ko'rsatishni boshlagan sababi barchamizga ma'lum albatta. Markaziy bankning xabar berishicha bugungi kunda yurtimizda 5400 dan ortiq bankomatlar o'rnatilgan.

Cash-out. Bank plastik kartalardan mahalliy va chet el valyutalarida naqd pul yechib olish imkoniyati mavjud. Uzcard, Humo, Visa, Mastercard va boshqalar kabi barcha to'lov tizimlarining belgisi (logotip) bankomatlarning tepa qismida joylashgan va ularga xizmat ko'rsatilmoqda.

Cash-in/Cash-out. Ular yordamida pullarni yechib olsa ham va kiritsa ham bo'ladi. O'zbekistonda hozir 1000 ga yaqan bunday bankomatlar o'rnatilgan. Ularning ko'pchiligida valyutani avtomatlashtirilgan ravishda ayrboshlash funktsiyasi kiritilgan. Hozirda 700 ga yaqin kechayu-kunduz ishlaydigan valyuta ayrboshlash bankomatlari mavjud.

ADM (avtomatlashtirilgan depozit mashinasi). Bu uskunani jismoniy shaxslar hamda yuridik shaxslar ishlata oladi. Bu uskunalarning asosiy vazifasi - fuqarolarning bank hisobiga va plastik kartalariga naqd pullarni kiritishdan iborat.

"Tijorat banklaridagi bankomatlarni o'z vaqtida naqd pul bilan to'ldirilishini Markaziy bank doimiy nazorat qilib turadi", - deydi MB matbuot xizmati.

Xo'sh qanday qilib bankomatlar joylashuvini onsongina topamiz?

Buning to'rtta yuli bor:

  • • Yandeks xaritalar.
  • • Humo sayti.
  • • Uzcard sayti.
  • • Markaziy bank sayti.

Yaqin kunlarda xalqaro pul o'tkazmalari, kommunal to'lovlarni amalga oshirish kabi yangi xizmatlarni kiritish kutilmoqda. Bankomatlardan foydalanganda va naqd pullarni ishlatganda gigiyena qoidalariga rioya qilishingizni Markaziy bank eslatib qoladi. Avvalroq xabaringiz bor BANK-UZ dollar narxi banklarda 10 ming so'mdan oshganini yozgan edi.

07:11 - 18/04/2020

Xurshid

Ma'umot uchun rahmat
25-04-2020

Xumoyun

Ха тогри мапс.ме жуда ажойиб программа, навигацияси хам яхши ишлайди.
18-04-2020

abdurohman

maps.me деган программа бор. Ўша ерга бириб банкомати деб поиск берилса, барча банкоматлар чиқади. Ўзбекистон бўйича барча маълумотларни Ўзбекистон харитачилари киритиб бормоқда. Ундан сўнг яндекс ўзига копия қилиб олади.
18-04-2020

Baxtiyor

Assalomu alaykum juda katta yangilik raxmat sizga
18-04-2020

Умид

Чет элдан мени валютный хисобибга валюта кеган, лекин тугридан тугри банк виза картамга тушуролмайди экан, шуни йулга куйиш керак
18-04-2020

Имя:

Комментарий: