Onlayn kredit olish

Kapitalbank bizga onlayn kredit olish imkonini yaratdi endilikda bankga borishga ehtiyoji yo'q. Uyda turib so'rovnomani to'ldirsangiz, shuning o'zi kifoya qiladi.

Kapitalbank avtomashinalar sotib olish uchun onlayn-kredit ajratishni yo'lga qo'ydi. Endi har bir kredit olishni xoxlovchi mijoz bank so'rovnomasini bank sayti orqali to'ldirishi mumkin. Bunday uslub bankga borish standart muolajasini o'rnini bosa oladi. Avtokreditni UzAuto Motors ning quyidagi avtomobillar uchun olish imkoniyati mavjud: Lacetti 1 pozitsiyasi, Nexia 3 pozitsiyasi, Spark 3 pozitsiyasi, Malibu 1,5, Tracker AT, Tracker MT va Trailblazer. Avtomobilning markasi, boshlang'ich to'lov hajmiga ko'ra kredit yillik 18% yoki 23,99% foizlarga uch yil muddatga beriladi. Barcha ma'lumotlar va variantlar bankning saytida berilgan.

Kredit olish onlayn so'rovnomani to'ldirish uchun qo'lingizda hujjatlarning standart ro'yxati bo'lishi kerak, ya'ni O'zbekiston fuqarosi pasporti, INN, INPS. Odatda kredit olish uchun banklar yillik daromad haqida ma'lumotnoma ham so'rashadi. Kamdan-kam xollarda bunday ma'lumotnoma qo'l ostida bo'lishi mumkin. Karantin sharoitida esa bunday ma'lumotnomani borib olib kelishning iloji deyarli yo'q.

Kapitalbank hozirgi vaqtdagi xolatni inobatga olib, yillik daromad haqida ma'lumotnomani olib kela olmaganlar uchun yordam tariqasida buni olishni o'z zimmasiga oldi. Ma'lumotnomani bank INPS ni asos qilib oladi. Agar ma'lumotnoma tasdiqlansa, kredit oluvchi bilan Kapitalbank xodimi o'zi bog'lanib, kredit olishning keyingi amallarini, shartnoma tuzish va to'lovni amalga oshirish uchun nimalar qilish kerakligini tushuntirib beradi.

O'z omonatini dollar qilib saqlab turgan va bolang'ich to'lov uchun shu pullarni ishlatmoqchi bo'lgan fuqarolar uchun esa dollar ayrboshlash uchun baland kurslarni ham taklif etadi. Boshqa bank dollar kurslarini solishtirganda eng qulay kurslar Kapitalbank tomonidan taklif qilinayotgan ekanligiga iqror bo'lasiz.

Kredit muddati ichida har oylik to'lovlarni masofada turib to'lash uchun ham Kapitalbankning Apelsin mobil ilovasidan foydalanib amalga oshirish mumkin. Apelsin mobil ilovasi qulayligi, xavfsizligi va funksionalligi bilan mijozlarni o'ziga rom eta oladi.

18:21 - 15/04/2020

Имя:

Комментарий: