Avgustdan boshlab naqd dollar va boshqa valyutalarni sotib olishga ruxsat etildi. Nimalar o'zgardi.

Odamlar valyutalarni ko'proq sotib ola boshladilar, biroq bu jarayonni hozircha saqlanib qolgan cheklovlar ushlab turibdi.

2019-yilning avgustida O'zbekistonda bir necha yildan so'ng ilk bor chet el valyutasini sotish va sotib olish imkoniyati tug'ildi. Bungacha aholi dollarni faqatgina xalqaro (Visa, MasterCard va hokazo) plastik kartalargagina murakkab operatsiyalar orqali sotib olishi mumkin edi.

Iyundan boshlab bir necha hafta davomida so'm keskin ravishda qadrsizlanishda davom etdi va oqibatda quladi, Markaziy bank esa valyuta kurslarining tebranishining yanada kengroq koridoriga o'tishga majbur bo'ldi. Bu ozgina muddatga yordam berdi, so'ng esa so'mning qadrsizlanishi yanada tezlashib ketdi va Markaziy bank 21-avgustdan boshlab chet el valyutasini naqd ko'rinishda oldi-sotdi savdosini yo'lga qo'yishga qaror qildi. Bir kun ichida banklar 15 mln chet el valyutasini sotishga muqarrar bo'ldi, shu jumladan 9,6 mln - naqd ko'rinishda edi. Shu kunning o'zida banklar aholidan taxminan 20 mln chet el valyutasini sotib olishdi.

Yaqin kunlarda Markaziy bank axborotnomani yangiladi va 2019-yil ma'lumotlaridan bir nechtasini oshkor etdi. Misol uchun, aniqlanishicha valyuta bozori avgustda keskin o'sib ketgan. Agar shu kungacha aholidan bir oyda 160-270 mln AQSh dollarigacha sotib olingan bo'lsa, avgustdan boshlab bu ko'rsatgich bir oyda 350-500 mlng AQSh dollarini ko'rsata boshladi. Banklarda chet el valyutasini sotish avgustgacha bir oyda 65-130 mln AQSh dollarini tashkil etgan bo'lsa, avgustdan keyin 160-300 mln AQSh dollarini tashkil eta boshladi. Doimo avgust oyida valyuta bozorida talab va takliflar cho'qqiga chiqib, keyin so'na boshlaydigan payt bo'lardi, lekin 2019-yil avgust oyidan keyin bu jarayon pasaymasdan yanada jadal o'sib, yuqoriga qarab yo'nalishda davom etdi.

class='img-fluid'

Aholiga AQSh dollarini sotish va sotib olish grafigi.

Bu vaziyat yevro, Angliya funt sterlingi, Yaponiya iyenasi, Rossiya rubli, Qozog'iston tengesi va Turkiya lirasi kabi boshqa chet el valyutalari bilan ham keskin o'zgardi. Masalan, avgust oyigacha banklar o'rtacha miqdorda bir oyda 2 mln yevro sotib olishgan bo'lsa, avgust oyidan so'ng sotib olish hajmi bir oyda 5 mln gacha tashkil etadigan bo'ldi. Yaponiya iyenasiga tegishli tebrangish yanada kuchliroq larzaga keldi.

class='img-fluid'

Aholiga yaponiya iyenasini sotish va sotib olish grafigi.

2019-yilda banklar aholidan jami bo'lib 3,7 mlrd AQSh dollari sotib olib, 1,8 mlrd AQSh dollari sotdilar. Solishtiradigan bo'lsak, 2018-yilda banklar aholidan 2,6 mlrd sotib olib, 974 mln AQSh dollari sotishgan. Agar 2018-yilda banklar 61,2 mln iyen sotib olgan bo'lishsa, bu ko'rsatkich 2019-yilda 108,6 mln iyenga chiqqan. Markaziy bank boshqa chet el valyutalari savdosi haqida ma'lumot bermagan.

Cheklashlar yo'qolmagan.

Banklarga naqd chet el valyutalarini sotish va sotib olishga ruxsat etilganiga qaramay, bir qator cheklashlar hali ham yo'q emas. Masalan, hali ham 24 soat ishlaydigan valyuta ayrboshlash shahobchalari mavjud emas, ba'zi banklar soat 17:00 dan keyin chet el valyutasini sotishni butkul to'xtatib qo'yishadi, lekin soat 22:00 gacha va undan ham kechgacha chet el valyutasini qabul qilishga tayyordirlar.

Qozog'iston va Rossiya kabi mamlakatlarda bunday muammolarni yechimini shaxsiy valyuta ayrboshlash shaxobchalari yordamida topishgan. Ammo O'zbekistonda bunaqa shaxobchalar yo'q, va yaqin vaqt orasida rejalashtirilgani ham yo'q.

Markaziy bank vakili Bobir Abubakirov oktyabr oyida bunaqa izoh berdi: “Bu mamlakatlarda shunday amaliyotni qo'llab ko'rishgan, lekin u o'zini oqlamagan. Shaxsiy sektorga olib sotish bilan shug'ullanish haqqini berishgan, biroq bu sektor berilgan vakolatni yomon yo'lda ishlatgan - narxlarni haddan tashqari baland qilib yuborishgan, sohta banknot sotishgan, hech qanday izohsiz yuqori komissiya undirishni boshlagan”.

Valyutani olib-sotish bilan faqat banklar shug'ullanishining yana bir sababi - bu jinoyat sohasidan tushgan daromadlarni legallashtirish, bunday jarayonlarni nazorat ostida ushlab turish, deb ta'kidlab o'tdi Abubakirov.

09:42 - 07/04/2020

Имя:

Комментарий: