O'zbekistonda avtokredit 2020-yil mart oyi xolati

2020 yil yanvardan boshlab avtokreditlarni berilish shartlarini ba'zi banklar o'zgartirdi.

“Bank Uz” avvalroq yozganidek, yanvarda O'zbekistonda so'm kreditlari bo'yicha olingan o'rtacha foizlar stafkalari joriy yilda 25,8% gacha oshdi. 2019 yilning yanvari bilan taqqoslasak, u 22.6% ni tashkil etgandi. Markaziy Bankda buni avtokreditlar bilan izohlashgan edilar:

"2020-yilning yanvarida foiz stavkasining oshishi avtokreditlarning umumiy hajmida kreditlarning yanada yuqori foiz stavkalarining ulushi oshishiga bog'liq", - deydi Markaziy Bank.

Bank oxirgi bor 2020-yil yanvar boshida O'zbekistonda banklarda avtokreditlar haqida ma'lumot e'lon qilgandi. Ikki oy ichida bir necha banklarda sharoitlar o'zgarishga ulgurdi.

Aholimiz tomondan avtokreditlarga ko'rsattilgan yuqori talabni 2020-yil Martda 20 ta bank qoplashga tayyor (yanvarda banklar 16 ta edi).
Barcha banklarda dastlabki to'lovni amalga oshirish kerak. Odatda, bu avtomobil narxining 30% ni tashkil etadi, ba'zan ko'proq yoki kamroq variantlar ham uchrab turadi.

Turli banklarda turli xil avtomokreditlar taklif etilmoqda - ularga ko'ra depozit miqdori va kredit muddatiga qarab foiz stavkasi farq qiladi (ular jadvalda "dan" qo'shimchasi bilan ko'rsatilgan).

E'tibor qiling: ma'lumot faqat ushbu maqola chop etilgan vaqtda joriy bo'ladi, axborot faqatgina tanishish maqsadida taqdim etilgan va investitsiya yoki boshqa bir harakatlar uchun foydalanish mumkin yemas. Kreditlar shartlari farq qilishi mumkin. Kredit uchun murojaat qilingan kunning o'zida bankning o'zida ma'lumotlarni aniqlashnitavsiya etamiz.

Bank Muddat Boshlang'ich to'lov Foiz stafkasi
NBU 36 oy 30% dan 28%
Xalq Bank 36 oygacha 30% dan 30%
AsakaBank 36 oy 30% dan 26% dan
AloqaBank 36 oygacha 40% 28% dan
Asia Alliance Bank 36 oygacha 25% dan 27% dan
Ipoteka-Bank 36 oygacha 25% dan 28%
Turonbank 36 oygacha 25% dan 26% dan
Uzsanoatqurilishbank 36 oygacha 25% dan 28% dan
Ipak Yo'li Bank 36 oygacha 25% dan 23.8% dan
AgroBank 36 oygacha 30% dan 26% dan
UniversalBank 36 oygacha 25% 39% dan
TrastBank 36 oygacha 30% dan 23.9% dan
TurkistonBank 36 oygacha 30% dan 30% dan
DavrBank 36 oygacha 30% dan 30%
Ravnaq Bank 36 oygacha 30% dan 30% dan
Orient Finans Bank 36 oygacha 25% dan 26% dan
SavdogarBank 36 oygacha 30% dan 30%
HamkorBank 36 oygacha 30% dan 25% dan
Ziraat Bank 36 oygacha 30% dan 32% dan
Tenge Bank 36 oygacha 30% dan 25.9% dan

Avvalroq Bank Uz O'zbekiston banklarida 2020-yilda overdraft shartlari qanday o'zgarganini yozgan edi.

08:41 - 03/04/2020

Sanjar

Raxmat juda foydali malumot berdingiz.
04-04-2020

Имя:

Комментарий: